17:57 / 22.01.2020
1
5363
Agrobank tomonidan maktab o‘quvchilariga «Bankirlar sabog‘i» mavzusida amaliy darslar tashkil qilindi

Respublikadagi yetakchi moliya muassasalaridan biri – «Agrobank» o‘quvchilar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishda faol ishtirok etmoqda. Xususan, bank mas'ul xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi 173-sonli umumta'lim maktabida «Bankirlar sabog‘i» mavzusida amaliyot darsi tashkil qilindi.

Darsda xodimlar tomonidan taqdimot o‘tkazib, bolalarga bank faoliyati, ishlash tamoyillari, xodimlar vazifalari haqida ma'lumot berildi. Bundan tashqari o‘quvchilar «Agrobank» tarixi bilan tanishib, uning bugungi faoliyati va xizmatlari haqida kerakli tasavvurlarga ega bo‘lishdi.

O‘quv amaliy darslarni yuqori sinf o‘quvchilarida o‘tkazilishi ham ularni kelajakda kasblarini tanlashda katta turtki bo‘ldi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Agrobank tomonidan ushbu o‘ziga xos «Bankirlar sabog‘i» amaliy darslari respublikamizning boshqa hududlarida ham tashkil etilmoqda.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebookfb.com/AgrobankUzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top