00:17 / 22.01.2020
0
45361
Amerikalik diplomatlar Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekistonni tark etishiga izoh berdi
Foto: Facebook /shabnam.olloshkurova

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xorazmlik bloger Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekistonni tark etishiga izoh berdi.

«Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni o‘z ixtiyori bilan tark etdi. AQSh elchixonasi u bilan uning ketishi oldidan uchrashdi, elchixona uning ishini diqqat bilan kuzatib boradi», - deyiladi elchixonaning Twitter sahifasida. 

Elchixonaning ta'qidlashicha, AQSh so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Prezident Mirziyoyev OAV hukumat ustidan jamoatchilik nazorati va uning islohotlar dasturi muvaffaqiyati uchun zarurligini aytadi. Jurnalistlarga o‘z ishlarini bajarishlariga ruxsat berilishi, ular tahdid yoki ta'qibga uchramasliklari kerak», – deyiladi elchixona izohida.

28 dekabr kuni ruhiy kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan tibbiy ekspertiza uning salomatligi yaxshilangan, deb topgan va bloger shifoxonadan chiqarilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top