03:33 / 22.01.2020
0
9350
London derbisida jangovar durang qayd etildi
Foto: Getty Images

Angliya Premer-ligasining 24-turida «Chelsi» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi.

O‘yinda jangovar durang qayd etildi. «To‘pchilar» 26-daqiqadayoq maydonda bir kishi kam qolishdi. «Chelsi»ning sobiq himoyachisi David Luis jarima maydoni ichida qo‘pollik qilgach maydondan chetlatildi va Jorjino belgilangan penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki qismida Martinelli deyarli butun maydonni to‘p bilan bir o‘zi kesib o‘tib, Kepa Arrisabalagani dog‘da qoldirib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi qismida Aspilikueta jamoasini yana oldinga olib chiqdi, Arteta shogirdlari bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, durangga erisha olishdi - 87-daqiqada Ektor Bellerin qiyin o‘yinda jamoaga natija olib kelgan golni urdi.

E'tiborli tomoni, «Chelsi» o‘yin davomida to‘liq ustunlik qilib, 19 zarba berdi, shundan 8tasi aniq, 2tasi gol bo‘ldi. «Arsenal» esa o‘yin davomida 2ta zarba berdi, ikkisi ham darvoza sohasiga aniq bordi, ikki aniq zarba ham golga aylandi.

Bu natijadan so‘ng «Chelsi» 40 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan, «Arsenal» 30 ochko bilan 11-o‘rinda joylashgan.

APL, 24-tur

Chelsi – Arsenal 2:2
21 yanvar, «Stemford Brij»
Gollar: Jorjino (28, penalti), Aspilikueta (84) – Martinelli (63), Bellerin (87).
Chelsi: Arrisabalaga, Ryudiger, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, Jorjino, Kante (Maunt, 69), Villian (Batshuayi, 79), Kovachich (Barkli, 66), Hadson-Odoi, Abraham. 
Arsenal: Leno, Bellerin, Mustafi, David Luis, O‘zil (Genduzi, 55), Jaka, Martinelli (Uillok, 90+1), Torreyra, Pepe (Holding, 81), Lyakazett, Saka.
Ogohlantirishlar: Emerson (21), Kristensen (59), Genduzi (76).
Chetlatish: David Luis (26).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top