18:26 / 22.01.2020
1
6402
Apple arzon iPhone ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Foto: AFP/Getty Images

Apple kompaniyasi fevralda arzon iPhone yig‘ishni boshlaydi, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbasiga tayanib. Yangi telefon mart oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, u kompaniyaning iPhone SE davridan buyon chiqarilgan birinchi arzon telefoni bo‘ladi. U iPhone 8 ko‘rinishida bo‘lib, ekran diagonali 4,7 dyuymga teng bo‘ladi. Touch ID funksiyasi "Uyga" tugmasiga joylashtirilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yangi telefon iPhone 11dagi kabi protsessorga ega bo‘ladi.

Bloomberg manbasining so‘zlariga ko‘ra, Apple yangi iPhone yordamida mobil qurilmalar bozoridagi o‘rnini kengaytirmoqchi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top