14:01 / 22.01.2020
7
31735
Farg‘onaning Yangi asrida ayollar velosipedda suv tashiydi (video)

Kecha, 21 yanvar kuni aholi murojaatini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida bo‘ldik.

Qaytish chog‘i, tumanning «Xonobod» MFY hududidan o‘tarkanmiz, yo‘l chetida velosiped va aravalarda suv tashiyotgan ayollar e'tiborimizni tortdi.

Ma'lum bo‘lishicha, «Xonobod» MFYning Yangi asr ko‘chasida yashovchi ayollar har kuni bir necha marotaba 1,5 km uzoqlikdan ichimlik suvi tashib kelishar ekan.

«O‘n yildan oshdi, shu holat davom etib kelyapti. Bir necha marotaba murojaat qildik, foydasi bo‘lmadi. Ko‘chamizga shag‘al to‘kib berishdi, uning ham pulini yig‘ib berdik.

Aytinglar, ko‘chalarimizga suv tushirib berishsin, «stolba»larimiz yo‘q, yo‘llarimiz ham chatoq», – deyishdi qishloq ayollari.

Suvni erkaklar tashisa bo‘lmaydimi, degan savolimizga ular kunduzi ishda bo‘lishi, ayrimlari Rossiyada ekanini aytishdi.

Yana yo‘lga tusharkanmiz, shaharda uch kunga issiq suv o‘chsa, qanchalik noqulaylik tug‘ilishi haqida o‘ylab qoldik... 

Ma'lumot o‘rnida, hukumat 2030 yilga borib, aholining ichimlik suvi ta'minoti darajasini bugungi kundagi 69 foizdan 91 foizga oshirishni va'da qilgan.

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top