16:11 / 22.01.2020
0
9538
OChL. «Bunyodkor» Iroq jamoasini yirik hisobda mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi
Foto: Tribuna.uz

Osiyo chempionlar ligasi ikkinchi saralash pley-off o‘yini doirasida «Bunyodkor» jamoasi Toshkentda Iroqning «Az-Zavra» klubini qabul qildi.

«Jar» stadionida kechgan o‘yinni Vadim Abramov jamoasi hujumkor boshladi. 8-daqiqada shu kuni debyutini nishonlagan Humoyun Murtazoyev penalti ishlagan bo‘lsa, yana bir debyutant Murod Xolmuhammedov odatdagidek raqib posboniga imkoniyat qoldirmadi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limni ham mezbonlar hujumkor boshlashdi va 46-daqiqada Humoyun Murtazoyev jamoasidagi ilk rasmiy o‘yinida dastlabki golini kiritdi – 2:0.

Zaxiradan tushganiga ikki daqiqa bo‘lgan Boburbek Farhodov 78-daqiqaga kelib hisobdagi farqni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uning zarbasi uchinchi marta Jalol Hasan Hoshim darvozasidan o‘rin oldi – 3:0.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida ham Vadim Abramov jamoasi hujumkorlikni to‘xtatmadi. Natijada, 85-daqiqada Humoyun Murtazoyev o‘z goli bilan o‘yindagi dublini qayd etdi – 4:0.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga ikki daqiqa qolganida Abbos Qosim «Bunyodkor» darvozasiga gol urib, hisobdagi farqni qisqartira oldi, xolos – 4:1.

Ushbu g‘alabadan keyin «qaldirg‘ochlar» pley-off bosqichining hal qiluvchi o‘yiniga yo‘llanma olishdi. Navbatdagi pley-off bahsida «Bunyodkor»ga BAAning «Al-Ayn» klubi raqib bo‘lib, o‘yin 28 yanvar kuni BAAda o‘tkaziladi.

Osiyo Chempionlar ligasi-2020
«Bunyodkor» - «Az-Zavra» (Iroq) - 4:1

Toshkent, «Jar» stadioni.
Bosh hakam: Yudai Yamamoto (Yaponiya).
Gollar: Murod Xolmuhammedov 8 (pen), Humoyun Murtazoyev 46, Boburbek Farhodov 78, Humoyun Murtazoyev, 85 - Abbos Qosim, 88.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov, Suhrob Yarashev (G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 74), Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov, Lutfulla To‘rayev, Sardor Abduraimov, Suhrob Izzatov (Boburbek Farhodov, 76), Murod Xolmuhammedov, Selim Nurmuradov, Humoyun Murtazoyev.
Zaxiradagilar: Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, , , Bahodir Pardayev, Hasan Yo‘ldoshev, Farrux Ikromov.
«Al Zavra»: Jalol Hasan Hoshim, Mustafo Muhammad, Muhammad Ridha, Ahmad Fozil, Muhannad Abdulrahim, Husayn Al Saidi, Al Hasan Huayib, Mahdi Komil, Solomon Uilyams, Abbos Qosim, Stive Nzambe.
Zaxiradagilar: Fahad Tolib, Mustafo Mahmud, Ahmad Jalol, Najm Al Qurayshi, Ali Rahim Al Azzavi, A'lo Rad Al Hamadoni, Abdulloh Abdulamir.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top