10:49 / 22.01.2020
0
22706
Onam yolg‘iz qolishidan qo‘rqaman, u menga juda suyanib qolgan...

Har bir xayriya aksiyasida o‘ziga xos murakkab dard yotadi va yordam ilinjida murojaat qilgan ikki taqdirni bir-biri bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bugungi qahramonimiz – 36 yoshni qarshilagan Sadoqat Qilicheva duchor bo‘lgan kasalliklarni eshitsangiz kichikkina jussali bu qizginaning sabriga hayratda qolasiz. 

 – O‘zim birinchi guruh nogironiman, dardim tug‘ma. Bolaligimdan beri ko‘p kasalliklarga chalindim, hozirgacha qo‘ltiqtayoqda yuraman. Bu holimga ko‘nib bo‘lgandim, ammo buyragim kasallangani hayotimga xavf soldi, almashtirmasa bo‘lmas ekan. Muntazam gemodializ muolajalarini olib turaman. Onam ikkimiz yolg‘iz yashaymiz, otam yo‘q. Onajonim menga o‘zining buyragini bermoqchi bo‘lgandi, ammo o‘zining ham qand kasalligi bor, sog‘ligi yaxshi emas. Donorlik qiladigan qarindoshimizni topdik, ammo bunday operatsiya bizda qilinmas ekan. Hindistonga ma'lumotlarni jo‘natsak operatsiya xarajati 13 ming AQSh dollari bo‘lishini aytishdi.

Bizda buncha pul yo‘q...

Pensiyalarimiz ikkimizning davolanishimizga yetmaydi. Shu operatsiya qilinmasa nima bo‘lishini tasavvur ham qila olmayman. Eng qo‘rqqanim onamning yolg‘iz qolishi, bir-birimizga suyanib qolganmiz. Yurtimizda yaxshi insonlar juda ko‘p, ular bizga yordam berishiga umid qilib Kun.uz saytiga murojaat qildik-, deydi Sadoqat yig‘lab.

 Saxiy yurtdoshlar! Ko‘pchilik bo‘lib Sadoqatning og‘irini yengil qilish imkoniyatimiz bor. Ishonamizki, bu aksiyamiz sizni befarq qoldirmaydi.

 Klik/Payme: 8600 0304 3235 5422

“Sanoatqurilishbank” Sadoqat Qilicheva nomida.

 Abror Zohidov tayyordadi, tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top