00:57 / 22.01.2020
0
9975
Saudiya Arabistonida ilk ayollar bataloni tashkil etildi 
Foto: EPA

Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarida to‘liq ayollardan tashkil topgan birinchi harbiy bo‘linma paydo bo‘ldi. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.

Podshohlikda ayollarga qurolli kuchlar safiga kirishga 2019 yil oktyabrda ruxsat berilgan edi. Saudiyalik ayollar quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari, tibbiy xizmat va raketa qo‘shinlarida kichik kapral, serjant va shtab serjantlari sifatida xizmat qila oladilar.

2019 yilda Saudiya Arabistonida ayollar huquqlari kengaytirilib, ularga erkak qarindoshlarisiz sayohat qilishga va tug‘ilgan farzandlariini mustaqil qayd qilishga ruxsat berilgan. 2018 yilda esa saudiyalik ayollar mashina haydash huquqini olishgan.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top