08:38 / 22.01.2020
0
8462

Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga budjetdan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot berildi

Foto: Shutterstock

Moliya vazirligi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2016 yilda Davlat budjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 6,0 trln. so‘m ajratilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 14,8 trln. so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda (2016 yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar yoki 2019 yilga nisbatan 1,23 barobar ko‘proqdir).

Shuningdek, 2020 yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga 1 491,8 mlrd. so‘m ajratish nazarda tutilgan (2016 yilga nisbatan esa 6,5 barobarga yoki 2019 yilga nisbatan qariyb 36 foizga ko‘proqdir).

Sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘larning ayrim faoliyat turlari kesimida ko‘rinishi quyidagicha:

a) shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar xarajatlari uchun 2020 yilda 102,8 mlrd. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, 2016 yilda 16,3 mlrd. so‘m ajratilgan;

b) sog‘liqni saqlash sohasining eng og‘ir nuqtalaridan biri bo‘lgan onkologiya muassasalarida davolanadigan har bir bemorning bir kunlik dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta'minlash xarajatlari uchun budjet mablag‘lari 2016 yildagi 3 250 so‘mdan 2020 yilda 66 227 so‘mgacha oshirildi;

v) aholiga tez tibbiy yordam xizmati uchun har bir chaqiruvga 2016 yilda o‘rtacha 482 so‘mdan ajratilgan bo‘lsa, 2020 yilda bunday xarajat turi uchun 6 700 so‘mdan ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top