19:34 / 22.01.2020
0
10806
Tilla kamar bilan xorijga chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dehliga parvozi oldidan «yashil» yo‘lak orqali chiqib ketayotgan yo‘lovchilardan birining bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning kamari aslida tilladan ishlangani fosh bo‘lgan.

«Bojxona xodimlarini chalg‘itishga uringan ushbu shaxs 122 gr. og‘irlikdagi tilla quyma bo‘lagini go‘yoki kamarning to‘qa qismi sifatida olib chiqmoqchi bo‘lgan ekan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yashirincha olib chiqishda to‘xtatib qolingan quyma oltinning qiymati salkam 56 million so‘mni tashkil qildi», – deyiladi xabarda.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top