09:10 / 22.01.2020
0
9899
Toyota butun dunyodan 3,4 mlnta mashinasini qaytarib olmoqda
Foto: AP

Yaponiyaning Toyota Motor Corp korporatsiyasi butun dunyodan 3,4 mlnta mashinasini qaytarib olishini e'lon qildi. Bunga esa elektron nosozlik sabab bo‘lib, u to‘qnashuvlar vaqtida xavfsizlik yostiqchalarining ochilmasligiga olib kelishi mumkin.

Kompaniya banoyotida ta'kidlanishicha, AQShning o‘zidan 2,9 mlnta mashina, jumladan Corolla (2011-2019 yillarda ishlab chiqarilgan), Matrix (2011-2013 yillar), Avalon (2012-2018 yillar) va Avalon Hybrid (2013-2018 yillar) modellari qaytarib olinadi.     

Ma'lum qilinishicha, ushbu mashinalarda to‘qnashuvlar vaqtida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr xalaqitlardan yetarlicha himoyaga ega bo‘lmagan boshqaruv bloki o‘rnatilgan bo‘lib, bu xavfsizlik yostiqchalarining noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. 

Shu sababli Toyota avtoservislarida mutaxassislar qaytariladigan mashinalarga xalaqitlardan maxsus himoya o‘rnatishadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top