21:11 / 22.01.2020
5
84928
Xitoydagi koronavirusdan vafot etganlar soni ikki barobar o‘sdi. Virus Rossiyaga ham yetib bordi
Foto: Reuters

Xitoyda yangi tipdagi 2019-nCoV koronavirusdan kasallanib vafot etganlar soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda China Daily nashri virus ilk bor aniqlangan Xubey provinsiyasi hukumatiga asoslanib xabar tarqatdi.

Yangi turdagi koronavirus Rossiyagacha yetib bordi. «RIA Novosti» axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyning Shanxay shahridan Sankt-Peterburgga o‘tkir respirator virusli infeksiya (ORVI) bilan kelgan xitoylik ushbu koronavirusga chalingani gumon qilinmoqda.

Pulkovo aeroportiga kelgan yo‘lovchi Botkin nomidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

78.ru’ning xabar berishicha, shifoxona bosh shifokori Aleksey Yakovlev ularga koronavirusga chalinganlikda gumon qilinayotgan ilk bemor yetkazilganini tasdiqlagan.

Shu bilan birgalikda, Rospotrebnadzorda Xitoydan kelgan yo‘lovchi koronavirusga chalinganining yakuniy tasdig‘i hali yo‘qligi ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, bemor tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Kasallikka chalinish holatlari Tailand va Yaponiyada ham kuzatilgan. O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. O‘zbekiston SSV Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazorat kuchaytirilganini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top