20:29 / 23.01.2020
0
11466
Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi ishtirokida bank yosh xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qahva ta'mi qanday ekanligini bilasizmi? Ayniqsa, u Boshqaruv Raisi bilan birga bo‘lsa. Azaldan choy ustida samimiy suhbat qurish biz uchun urf bo‘lgan. Kishi choy ustida yanada ochiq, yanada samimiy, yanada yaqin dildan suhbat quradi. Bugun ana shunday uchrashuv Ipoteka-bank bosh ofisida faol yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvni Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi kirish so‘zi bilan ochib berdi va davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan besh tashabbus, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash yuzasidan bankda olib borilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda bank yoshlarining yangiliklarga intilishlari, ularning tashabbus va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, moliya sohasiga oid xorij tajribalaridan unumli foydalanish, eng asosiysi yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratish zarurligini alohida ta'kidlandi. 

Yoshlar o‘z muammolarini o‘rtaga tashladi, yaxshi tashabbuslar, takliflar bildirildi. Eng muhimi, Boshqaruv Raisi tomonidan ishtirokchilar bildirgan ko‘plab takliflar ma'qullandi, sohadagi muammolar yechimi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Sermazmun va ko‘tarinki ruhda davom etgan tadbirda bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar kelgusida bank xizmatlarining yanada qulayligi va ommabopligini oshirishda muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi. 

Uchrashuv so‘ngida bankda an'anaga aylangan Boshqaruv Raisi bilan birga «qahva ustida davra suhbati» hazil va mutoyibalarga boy tarzda davom etdi. 

Eng yaxshi taklif va savol egalari Boshqaruv Raisi tomonidan tanlab olinib, bilim manbai bo‘lmish kitoblar bilan taqdirlandi.

«Ipoteka-bank» ATIB Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top