23:05 / 23.01.2020
0
9134
Jizzax IIB Mo‘ynoqdagi hasharchilarga oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natdi
Foto: Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

So‘nggi yillarda Orol dengizining qurigan hududida o‘rmonlarni yuzaga keltirish choralari ko‘rilib, bu tadbirga respublikaning barcha hududlaridan qator soha vakillari jalb etilgan.

Birgina Jizzax viloyatidan 150 nafardan oshiq mexanizator, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi, favqulodda vaziyatlar muassasalari xodimlari saksovul urug‘larini yig‘ib, ekishmoqda. Shu maqsadda viloyatdan 25ta yuqori unumdor traktor, 4ta o‘q ariq olish, 3ta chizel tortish, suv va yonilg‘i tashish texnikalari, 11ta tirkama va 1ta avtobus ajratilgan.

Jizzax IIB Axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, boshqarmaning shaxsiy tarkibi ham bu hasharga o‘z hissa qo‘shish maqsadida Orolbo‘yida mehnat qilayotganlarga kartoshka, go‘sht, o‘simlik yog‘i, tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natdi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Orolbo‘yida o‘rmonlarni yuzaga keltirishga qaratilgan ishlar 2019 yilning 25 dekabrida boshlandi. Saksovul ekish bahorgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top