23:02 / 23.01.2020
0
12163
Koronavirus sababli yopib qo‘yilgan Uxan shahrini 300 mingga yaqin kishi tark etishga ulgurgan – OAV 

Koronavirus tarqalganligi sababli yopib qo‘yilgan Uxan shahrini yo‘llar to‘silguniga qadar 300 mingga yaqin kishi tark etishga ulgurgan. Bu haqda Beijing News gazetasi xabar berdi.

Gazetaning ma'lumotiga ko‘ra, Pekin yo‘nalishida 16ta, Chanshaga 42ta va Guanchjouga 26ta poyezd yo‘l olgan.

Chorshanba kuni Xitoy hukumati virus ilk marotaba aniqlangan hudud 8,9 million (boshqa manbalarda 11 mln) aholiga ega bo‘lgan Xubey viloyatidagi Uxan shahrini karantinga olib yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shaharga olib boradigan barcha yo‘llar yopildi, shahar ichida ham jamoat transporti harakati to‘xtatildi. 

Payshanba kuni xuddi shunday qaror Xubeydagi yana bir shahar - 7 million aholili Xuangan uchun ham qabul qilindi. Xuanganga boradigan barcha poyezd va samolyotlar reyslari bekor qilingan, shuningdek shahar ichki transporti harakati to‘xtatilgan. 

Shuningdek, barcha keng ko‘lamli tadbirlarni - oy taqvimi bo‘yicha 25 yanvarga belgilangan Yangi yil bayrami, ommaviy sayllar, shu jumladan ibodatxonalardagi an'anaviy yarmarkalarni bekor qilishga to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Rasmiylar fikricha, yangi virusning manbai Uxandagi dengiz mahsulotlari, qushlar, ilon, quyon va boshqa hayvonlar sotiladigan bozoridir.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top