23:49 / 23.01.2020
1
20820
Saudiya Arabistonida 30 nafar hindistonlik hamshiraga koronavirus yuqqani gumon qilinmoqda

Saudiya Arabistonining Hamis-Mushayt shahridagi shifoxonada Hindistonning Kerala shtatidan 30 hamshira ulardan biri yangi turdagi koronavirus bilan zararlanganlikka gumon qilingach karantinga joylashtirildi. Bu haqda The Hindustan Times nashri ma'lum qildi. 

Kerala shtati tashqi ishlar vaziri Vellamvelli Muralidxaranning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistonidagi shifoxonada 100 dan ko‘proq hindistonlik hamshira ishlaydi va ulardan 30 nafari kuzatuv ostiga olingan. 

38 yoshli hamshira koronavirusni u bilan zararlangan bemor bilan aloqada bo‘lganda yuqtirib olgan. Keyinroq ushbu hamshira bilan aloqada bo‘lgan barcha hamshiralar karantinga joylashtirilgan. Hamshiralarning aytishicha, ular biror-bir tekshiruvsiz karantinga joylashtirilgan.

Biroq hamshiralardan birining yaqini ma'lum qilishicha, 20 hamshiradan virusga tahlil olingan va barcha testlar virus borligini ko‘rsatgan. Yangi virusning inkubatsion davri haqida hech narsa ma'lum bo‘lmagani sababli barcha hamshiralar karantinga olingan. Manbaning ta'kidlashicha, hamshiralarning ahvoli “haqiqatan ayanchli”.

Ayni vaqtda Xitoyda koronavirusning tarqalishi oldini olish maqsadida ikkita shahar – Uxan va Xuangan izolyatsiya qilindi. 

South China Morning Post nashrining Xitoy sog‘liqni saqlash va gigiyena masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi hisobotiga tayanib xabar berishicha, Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarning yoshi 48 dan 89 gachani tashkil qilmoqda.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirusning paydo bo‘lish o‘chog‘i hisoblangan Uxanda undan vafot etgan 17 kishidan 9 nafari qand kasalligi, yurak ishemik kasalligi yoki Parkinson kasalligi kabi surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan. Ulardan 8 nafarining yoshi 80 dan, 2 nafarining yoshi esa 70 dan oshgan bo‘lgan. Koronavirusning eng yosh qurboni avval insultni boshdan kechirgan va surunkali qand kasalligiga ega 48 yoshli ayol bo‘lgan.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, mavjud epidemiologik ma'lumotlar yoshroq odamlar ushbu kasallikka chalinishga uncha moyil emasliklarini ko‘rsatmoqda.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top