22:04 / 23.01.2020
2
32212
TIV: Uxan shahrida 30dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkin
Uxan. Xavfsizlik xodimi yo‘lovchining haroratini o‘lchamoqda / Foto: Getty

Xitoyning 2019-nCoV koronavirusi tarqalayotgan Uxan shahrida 250 nafar atrofida O‘zbekiston fuqarosi, asosan oliy ta'lim muassasalari talabalari yashaydi. Ularning nisbatan ko‘pchiligi semestr yakunlangani sababli vatanga qaytishgan.

Hozirda shaharda 30dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

«Ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun «Wechat» ijtimoiy tarmog‘ida «Uxan 2020 O‘zbekiston» guruhi tuzildi. Talabalarga xotirjamlikni saqlash, zaruriy ehtiyot va profilaktika choralariga amal qilish kerakligi tushuntirildi, elchixona konsullik bo‘limi xodimlarining telefon raqamlari berildi», – deyiladi xabarda.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (tel.: +8610-6532-6305) hamda Shanxay shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +8621-6307-1896) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Uxanda maxsus shoshilinch shtab joylashtirilgan va 23 yanvar soat 10:00dan boshlab jamoat transporti vaqtincha to‘xtatilgan, aeroport va temir yo‘l reyslari bekor qilingan. Shahardan chiqish yo‘llari yopilgan. Shaharning barcha transport vositalari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar holatiga ko‘ra yangi koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 600 nafardan oshgan, vafot etganlar esa 17 kishini tashkil etmoqda. Kasallik Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Saudiya Arabistoni, Vetnam va AQShda ham qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatdagi 11ta aeroport teplovizorlar bilan jihozlab chiqilgani, xodimlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilganini ma'lum qilgan edi.

OAVda yangi tipdagi zotiljamga chalingan bemor muvaffaqiyatli davolangani haqida xabarlar tarqalgan.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top