02:27 / 23.01.2020
0
5308
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti o‘z faoliyatidan 90 kunga chetlatildi 
Foto: EPA

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Tamash Ayan korrupsiyaviy mojaro sababli o‘z faoliyatidan 90 kunga chetlatildi. Bu haqda ARD nemis telekanali jurnalisti Nik Batler tvitterda ma'lum qildi.

Bu haqidagi qaror IWF ijroiya qo‘mitasining Dohadagi yig‘ilishida qabul qilingan. IWF’ga AQSh og‘ir atletika federatsiyasi rahbari Ursula Papandrea vaqtinchalik rahbar etib tayinlangan. 

IWF korrupsiyaviy mojaro bilan bog‘liq holda ichki tergov o‘tkazadi.

Avvalroq ARD telekanalining IWF va Tamash Ayan doping holatlarini yashirgani va federatsiyadagi korrupsiyada ayblangan filmi chiqqan. Filmda IWF’ga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidan tushgan 5 mln dollar Ayan nazoratidagi ikkita hisobraqamga o‘tkazilgani haqida so‘zlangan. 

Ayan 1975 yildan 2000 yilgacha IWF’ning bosh kotibi bo‘lib ishlagan, 2000 yildan esa federatsiya prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top