20:49 / 23.01.2020
0
15686

Xitoyda yangi tipdagi zotiljamga chalingan bemor muvaffaqiyatli davolandi - OAV  

Xitoylik tibbiyotchilar 2019-nCoV koronavirusi bilan chaqiriluvchi yangi tipdagi zotiljamni ekstrakorporal oksigenatsiya, ya'ni qonni kislorod bilan to‘yintirish yo‘li bilan muvaffaqiyatli davolash usulini ishlab chiqishdi. Bu haqda Sina portali xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Uxan universiteti gospitalida yangi tipdagi zotiljamga chalingan 53 yoshli og‘ir kasal ekstrakorporal membranali oksigenatsiya yordamida muvaffaqiyatli davolangan. 

Erkak bemor 1 yanvarda o‘zini yomon his qilgach, isitma bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Uning tana harorati bir necha kun davomida 39 daraja atrofida saqlanib turgan, unga qo‘llangan davolashning an'anaviy usullari esa natija bermagan. Bemorning o‘pkasi virusdan jiddiy zararlangani sababli shifokorlar uni ekstrakorporal membranali oksigenatsiya apparatiga ulashga qaror qilishgan. Shundan keyin erkakning ahvoli sekin-asta barqarorlashib, u sog‘aya boshlagan. 

Shifokorlarning ta'kidlashicha, agar takroriy laboratoriya tahlili bemorning qonida koronavirus yo‘qligini tasdiqlasa, u holda unga javob beriladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top