10:46 / 23.01.2020
2
5850

Yunusoboddagi 9ta mavzeda issiq suv ta'minoti o‘chirildi

Joriy yilning 23 yanvar kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani Uch qahramon va Yunus ota ko‘chalaridan o‘tgan issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, oqibatda Yunusobod-7,8,9,10,12,15,16,18,19 mavzelarida istiqomat qiluvchi iste'molchilar vaqtinchalik issiq suv va issiqlik energiyasidan uzildi.

Hozirda nosozlikni tezkor ravishda bartaraf etish ishlariga zarur maxsus texnika va mutaxassislar jalb qilingan. 

“Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top