22:10 / 24.01.2020
0
10364

AQSh davlat departamenti koronavirus sababli Xitoydagi xodimlarini chaqirtirib oldi

Foto: Getty Images

AQSh davlat departamenti yangi turdagi koronavirus sababli Xitoydagi xodimlarini chaqirtirib oldi va xavflilikning qizil darajasini joriy qildi. Bu haqda davlat departamenti matbuot xizmati ma'lum qilgan. 

Favqulodda xizmatlar bilan bog‘lanmagan xodimlar hamda ularning oila a'zolari ortga chaqirtirib olingan.

“AQSh hukumati Xubey provinsiyasida AQSh fuqarolariga tezkor yordam berishda cheklangan imkoniyatlarga ega”, deb ogohlantirilgan xabarda.

Davlat departamenti shuningdek amerikaliklarga Xitoyga bormaslikni tavsiya qilgan va xavflilikning to‘rtinchi – qizil darajasini kiritgan. Xitoyga borishi muhim bo‘lganlarga esa qo‘llarni tez-tez, 20 soniyadan kam bo‘lmagan vaqt davomida sovun bilan yuvish, odamlar bilan aloqadan qochish, jonzotlardan olinadigan mahsulotlarni (go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlari, sut, sut mahsulotlari, tuxum va shu kabi) iste'mol qilmaslik tavsiya qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top