19:14 / 24.01.2020
0
3873

Londonda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun yuzni tanish texnologiyasi qo‘llana boshlandi

London politsiyasi jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida shahar ko‘chalarida yuzni tanish texnologiyasini qo‘llay boshladi. Bu haqda Skotlend-Yardda ma'lum qilindi.

“Ushbu texnologiya razvedka ma'lumotlariga asoslanadi va Londonning muayyan joylarida qo‘llanadi. Bu texnologiya og‘ir jinoyatlarga, jumladan pichoq va o‘qotar qurol qo‘llangan holda zo‘ravonliklar sodir etish, bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasiga qarshi kurashishga va qaltis vaziyatda qolganlarni himoyalashda yordam beradi”, deyilgan xabarda. 

Politsiyada ta'kidlanishicha, ushbu texnologiya politsiyaning an'anaviy ishlash tizimini yo‘qqa chiqarmaydi.     

“Ushbu tizim politsiyachiga “sen ehtimol qidirayotgan odam anavi yerda” deb yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, biroq biror-bir chora ko‘rishni politsiyachining o‘zi hal qiladi”, deyilgan xabarda.  

Politsiyada ta'kidlanishicha, bunday texnologiyalar xususiy sektorda anchadan beri qo‘llanadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top