19:30 / 24.01.2020
0
13155
Lukashenko mobil qurilmalardan foydalanmasligining sababini ma'lum qildi 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlik nuqtai nazaridan mobil telefonlar va boshqa turdagi gadjetlardan foydalanmasligini ma'lum qildi. 

“Balki, bu yomondir: menda hattoki mobil telefon ham yo‘q. Qarasam, hamkasb-prezidentlar bu “ayfonlar”ni bosib, nimalardir qilishadi. Men esa bu bilan shug‘ullanmayman. Men xavfsizlik nimaligini bilaman. Gap hattoki bunda ham emas: menda bu bilan shug‘ullanadigan odam bor”, deb aytgan Lukashenko Shklov shahriga tashrifi vaqtida. 

Lukashenkoning ta'kidlashicha, agar kimdir unga mobil telefondan qo‘ng‘iroq qilsa, unga bu haqida yordamchisi ma'lum qiladi. “Biroq men bu aloqa bo‘yicha deyarli gaplashmayman. Bugun bu gadjetlar doim sizning cho‘ntagingizda va qayerda bo‘lmang, kimga kerak bo‘lsa, sizni ko‘rib turadi. Siz buni xohlaysizmi? Yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus rahbari.

U shuningdek mobil qurilmalar tarqatuvchi radioto‘lqinlarni salomatlik uchun zararligini va internetning foydali tomonlari borligi bilan birga sun'iy ongning xavfli bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.

2019 yil noyabrda Lukashenko Belarusda hukumat uchun “maxfiy” mobil aloqa sinovdan o‘tkazilayotgani, biroq hali uning bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklari borligini ma'lum qilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top