13:00 / 24.01.2020
1
9124

«RosAgroMarket»: Toshkent viloyati meva-sabzavotlariga Rossiya bozorida talab katta

Joriy yilning 23 yanvar kuni Toshkent viloyati hokimligida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga ko‘ra «RosAgroMarket» ulgurji-yetkazib berish Federal tarmog‘i markazi rahbari B. Grigorev va ishlab chiqaruvchi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Rossiya Federatsiyasida Toshkent viloyatidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvni Toshkent viloyati hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Toshkent viloyatining iqtisodiy va eksport salohiyati to‘g‘risidagi nutq bilan ochib berdi. O‘z navbatida O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh Konsuli Yusup Kabuljanov O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.

«RosAgroMarket» bosh direktori Bogdan Grigorev Rossiya bozorida o‘zbek meva-sabzavotlarining o‘z o‘rni borligini ta'kidlarkan, tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad, kompaniyaning oldiga qo‘ygan keyingi rejalari va ikki tomonlama o‘rnatilajak hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida batafsil so‘z yuritdi.

Bogdan Grigorev O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berishni maqsad qilgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ishlab chiqarish va savdo maydonlari uchun ijara narxida imtiyozli davr berilishi va qulay narxlar belgilanishida, mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvida huquqiy ko‘mak berilishi, zarur bulgan barcha standart va sertifikatlar olishda amaliy yordam va boshqa turdagi hamkorlik xususida aytib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida tadbikorlarimiz Rossiyalik ekspertlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan savol-javob formatida o‘zlari uchun kerakli javoblarni olishdi va ikki tomonlama kelishuvlarga erishdilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top