15:40 / 24.01.2020
1
7255
Shavkat Mirziyoyev: Professional jurnalistlarni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ommaviy axborot vositalari sohasi haqida ham fikr bildirib o‘tdi.

Davlat rahbari o‘tgan uch yil mobaynida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta'minlash, OAVni har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishi uchun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratilganini ta'kidladi.

«Shu o‘rinda, yana bir muhim masalaga alohida e'tiboringizni qaratmoqchiman.

O‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishlari uchun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratildi.

Bundan keyin ham «to‘rtinchi hokimiyat» vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritishlari, respublikamizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlarni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq-oydin yoritishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratamiz.

Joylardagi muammo va kamchiliklarni ro‘y-rost ochib berish, ularni haqqoniy yoritishlarida men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top