06:34 / 25.01.2020
0
11436
Komilov va Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi  

24 yanvarda O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ikki tomon Lavrovning yaqinda Toshkentda o‘tgan muzokaralari natijalarini va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishgan.   

Bundan tashqari, Lavrov suhbat chog‘ida Abdulaziz Komilovni tashqi ishlar vaziri lavozimiga qayta tayinlangani bilan tabriklagan.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 5 fevralga rejalashtirgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top