11:46 / 25.01.2020
0
19041
NASA Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi
Foto: Depositphotos

NASA Yerga 163373 sonli asteroid yaqinlashayotgani haqida ogohlantirish berdi.

Xavfli bo‘lishi mumkin deb tasniflanuvchi asteroidning diametri 440 metrdan 990 metrgacha keladi.

Samo jismi sayyoramizga 15 fevralda eng maksimal masofada yaqinlashadi. Bu masofa Oygacha bo‘lgan masofadan 15 marta kattaroq bo‘ladi.

163373 sonli asteroid 1995 yil 23 oktyabrda kashf qilingan. U “Appolonlar”, ya'ni uchish orbitasi Yer orbitasiniki bilan kesishuvchi asteroidlar guruhiga mansub bo‘lib, shu sababli xavfli hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu asteroid keyingi safar sayyoramiz yonidan 2075 yildagina uchib o‘tadi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top