10:19 / 25.01.2020
1
5680

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalasi muhokama qilindi

Toshkent shahrida 20-24 yanvar kunlari O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, komissiya tomonidan O‘zbekistonning Jizzax, Navoiy viloyatlari va Qozog‘istonning Qizil-O‘rda, Turkiston viloyatlari o‘rtasidagi uchastkalardagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Delegatsiyalar O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi loyihasini tayyorladi.

Yig‘ilish doirasida davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruv ishlari amalga oshirildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top