00:06 / 25.01.2020
10
140346
Xitoydagi koronavirus va uning paydo bo‘lishi joyi suratlari e'lon qilindi
Foto: Retamal/AFP via Getty Images

Xitoyda yangi turdagi koronavirusning ilk surati e'lon qilindi. Suratni Xitoyning patogen mikroorganizmlar milliy saqlagichi e'lon qilgan.  

Virus elektron mikroskop yordamida suratga olingan.

Shuningdek, OAVda koronavirus paydo bo‘lgan joy – Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori surati ham e'lon qilindi. Surat Daily Mail nashri tomonidan e'lon qilingan.

Jurnalistlarning ta'kidlashicha, bozor dengiz mahsulotlari bozori deb atalsa-da, unda tirik va nimtalangan ilonlar, ko‘rshapalaklar, turli zotdagi itlar, tovus, bo‘ri, jayra, turli yirtqich hayvonlar va hattoki pingvin sotilgan.  

Epidemiya boshlangandan keyin bozor yopib qo‘yilgan. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi direktori Gao Funing aytishicha, hukumat “bozorda sotilgan yirtqich hayvonlarni” virus manbasi deb hisoblamoqda, biroq buni hali tasdiqlay olmadi. Ta'kidlanishicha, bozorda hayvonlar bir-biri bilan aloqada bo‘ladi, ular virusga chalingan bo‘lsa, viruslar o‘zaro genlar almashib, mutatsiya qilishi mumkin.

Pekin universiteti olimlari koronavirusning dastlabki manbasi Uxandagi bozorda sotilgan ko‘rshapalaklar bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni bildirishdi. Ko‘rshapalaklardan tayyorlangan sho‘rvalar Xitoyning ba'zi hududlarida iste'mol qilinadi. Boshqa taxminga ko‘ra, virusning paydo bo‘lishiga ilonlar sabab hisoblanadi.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top