20:45 / 26.01.2020
0
9458
Isroilliklarga Saudiya Arabistoniga safarlar amalga oshirishga ilk bor ruxsat berildi

Isroil ichki ishlar vaziri Are Deri Isroil fuqarolariga Saudiya Arabistoniga safarlar amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, bu Isroilda ilk bor yuz bermoqda. Biroq ba'zi isroilliklar, asosan arablar hukumatning rasmiy ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga oldin ham bora olishgan.

“Bu isroilliklarga Saudiya Arabistoniga diniy ziyoratlarni yoki 90 kungacha muddatga ishchi safarlarni amalga oshirish imkonini beradi”, deyilgan xabarda.

Isroil ichki ishlar vazirligining ushbu qarori birinchi navbatda isroillik arablarga taalluqli bo‘ladi. Endi ular Saudiya Arabistonidagi muqaddas qadamjolarga hech qanday qarshiliksiz bora olishadi. 

Isroilliklar Saudiya Arabistoniga tashrif buyura olishi uchun podshohlikning mutasaddi idoralaridan kirish vizasini olishlari kerak bo‘ladi. Ar-Riyod bilan diplomatik munosabatlarga ega bo‘lmagan Isroilda Saudiya Arabistoni elchixonasi mavjud emas.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top