01:10 / 27.01.2020
1
13762
AQSh aviakompaniyasi musulmon yo‘lovchilar kamsitilgani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi 
Foto: iStock

AQSh transport vazirligi yo‘lovchilarni tahqirlashni taqiqlovchi federal qonunni buzganlik uchun Delta Air Lines aviakompaniyasiga 50 ming dollar jarima to‘lash majburiyatini yukladi. 

CNN telekanalining xabar berishicha, aviakompaniya bunday jazoga 2016 yilda unga qarashli samolyotdan 3 nafar musulmon tushirib yuborilgani uchun tortildi.

Ta'kidlanishicha, Parij-Ogayo va Amsterdam-Nyu-York reyslari bilan uchmoqchi bo‘lgan musulmon yo‘lovchilar boshqa yo‘lovchilarda xavotir uyg‘otgan. Birinchi holda yo‘lovchilardan biri musulmon yo‘lovchining telefoni ekranida “Alloh” so‘ziga ko‘zi tushib, trevoga ko‘targan, ikkinchi holatda esa musulmon yo‘lovchining xatti-harakati shubha tug‘dirgan.

Xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruvlar musulmon yo‘lovchilar tomondan biror-bir xavf solinmaganini tasdiqlaganiga qaramay, ikkala holatda ham samolyot sardorlari musulmon yo‘lovchilar “noqulaylik tug‘dirmoqda” deb topib, ularni reysdan olishga qaror qilgan. AQSh mutasaddi idoralari fikricha, shu tariqa kompaniya sababini tushuntirmagan holda tashishni rad etib, yo‘lovchilarning huquqlarini buzgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top