00:12 / 27.01.2020
0
14707
Bizni yengganlar finali. Chempionlik o‘yinidan fotogalereya
Foto: KUN.UZ

Osiyo chempionati (U23) finali doirasida Bangkokdagi «Rajamangala» stadionida Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni (1:0) o‘rtasidagi o‘yin koreyslarning chempionlik g‘alabasi bilan yakunlandi.

120 daqiqa davom etgan, ikki tomon ham so‘nggi daqiqalargacha mag‘lub bo‘lishni istamagan hal qiluvchi qarama-qarshilikning 113-daqiqasiga kelib, Jon Taevuk tomonidan kiritilgan gol Janubiy Koreya olimpiya jamoasiga 23 yoshgacha bo‘lgan jamoalar orasida Osiyoning tengsiz jamoasi bo‘lish imkonini berdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonni guruh bosqichida mag‘lub etgan Janubiy Koreya, yarim finalda taslim qilgan Saudiya Arabistoni va 3-o‘rin uchun bahsda bizdan ustun kelgan Avstraliya olimpiya jamoalari Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Biz esa... Ha, mayli.

Kun.uz va Tribuna.uz sayti muxbiri O‘tkir Jalolxonov va fotomuxbir Muhammadjon G‘aniyev qariyb uch hafta davomida siz aziz muxlislarning Tailanddagi musobaqa atmosferasidan bahramand bo‘lishingiz uchun turnirdan «qaynoq» foto va videolavhalar, xabar va tafsilotlarni taqdim etib borishdi.

Quyida, endi tarixda qolgan Osiyo chempionati-2020dan tayyorlangan so‘nggi fotoreportajni tomosha qiling:

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top