10:40 / 28.01.2020
1
8391

2019 yilgi paxta terimi davrida 7ta tuman hokimligi amaldorlari majburiy mehnat uchun javobgarlikka tortilgan

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yil paxta yig‘im-terim mavsumi davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani sababli ma'muriy jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini e'lon qildi.

Ro‘yxatdan jami 43 nafar mansabdor shaxslar o‘rin olgan bo‘lib, ularning ikki nafari hokim (Kitob tumani hokimi R.Sagdullayev va Qo‘shko‘pir tumani hokimi J.Rahimov), 5 nafari hokimlarning o‘rinbosaridir (To‘raqo‘rg‘on, Yozyovon, Oltiariq, Forish va O‘rta Chirchiq tumanlari). Shuningdek, banklarning hududlardagi 15ta filiali boshqaruvchilari hamda tibbiyot biralashmalari, soliq inspeksiyalari va maktablar rahbarlari ham qo‘l ostidagilarni majburiy mehnatga jalb etgan.

Ularning barchasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma'muriy tarzda majburlash) 1-qismi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan (ushbu modda bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top