01:33 / 28.01.2020
0
4769

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi elchisi kim bo‘lishi ma'lum qilindi  

Foto: TASS

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Tim Barrou fevraldayoq Birlashgan qirollikning Yevropa Ittifoqidagi elchisi lavozimini egallaydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.   

Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning vakili Devid Frost Barrou o‘z lavozimini 31 yanvarga belgilangan “Brekzit”dan keyin bajarishga kirishishini ma'lum qildi.

Frostning o‘zi esa Londonning Bryussel bilan muzokaralardagi jamoasiga rahbarlik qiladi. Muzokaralar davomida tomonlar keyingi munosabatlar masalalarini muhokama qilishadi. 

55 yoshli Tim Barrou bungacha Britaniyaning Rossiyadagi (2011-2015 yillar) va Ukrainadagi (2006-2008 yillar) elchisi lavozimlarini egallagan.  

Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 yanvarda tark etishi belgilangan. Shundan keyin o‘tish davri boshlanib, u 31 dekabrgacha davom etadi. Bu vaqt ichida London Bryussel bilan yangi savdo kelishuvini tuzishga harakat qiladi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top