18:59 / 28.01.2020
0
2515
Burkina-Fasoda jangarilar hujumida 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi 
Foto: AP (arxiv)

Afrikaning Burkina-Faso davlati shimolida jangarilar eng gavjum bozorlardan biriga hujum qildi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar berdi. 

Bu bir hafta ichida ushbu hududda sodir etilgan ikkinchi hujumdir. Mahalliy televideniyening xabar berishicha, hujum qurbonlari soni 50 nafargacha yetishi mumkin. Jangarilar hujum oldidan mahalliy telefon aloqasini uzib qo‘ygani sababli qurbonlar soni borasida aniqlik kiritilmoqda.

BMTda ta'kidlanishicha, Burkina-Fasoda jangarilar hujumlari soni oxirgi yillarda keskin ko‘paygan. 2016 yilda jangarilar hujumlari oqibatida 80 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda ular soni 1800 dan oshgan. Hukumat kuchlari zo‘ravonlikni fransiyalik va amerikalik harbiylar yordamida to‘xtatishga harakat qilmoqda. 

Avvalroq Burkina-Fasoda jangarilar 36 kishini o‘ldirgan. Mamlakat prezidenti Rok Mark Kristian Kabore qurbonlar xotirasiga 22 va 23 yanvarni milliy motam kunlari deb e'lon qilgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top