17:20 / 28.01.2020
1
3449
Hongkong hukumati davlat xizmatchilariga uydan turib ishlashga ruxsat berdi
Foto: AP Photo / Andy Wong

Hongkong hukumati davlat xizmatchilariga yangi yil bayrami ta'tilidan so‘ng ishxonaga qaytmasdan uydan turib ishlashga ruxsat berdi. Bu haqda RTHK teleradiokorporatsiyasi xabar qildi.

Hukumat shu yo‘l bilan bu yerda epidemiya tarqalib ketishining oldini olmoqchi. Ushbu qaror ikkinchi fevralgacha amalda bo‘ladi, shundan so‘ng vaziyat baholanib, kelgusida nima qilish kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

27 yanvardan keyingi 14 kun ichida koronavirus tarqalgan Xubey viloyatida bo‘lganlarga Hongkongga kirish taqiqlandi.

Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi bergan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 4515 nafarga yetgan, ulardan 106 nafari vafot etgan, 60 kishi tuzalib, shifoxonadan chiqqan.

Xitoydan tashqari, Hongkong, Makao, Tayvan, Tayland, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya va Germaniyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top