16:28 / 28.01.2020
0
10834
Mercedes yuk mashinalari rekord balandlikka ko‘tarila oldi
Foto: Daimler

Mercedes kompaniyasining ikkita maxsus jihozlangan universal yuk mashinasi Unimog U 5023 Chilidagi faol vulqonning yonbag‘ri bo‘ylab dengiz sathidan 6694 metr balandlikka ko‘tarildi. Yuk mashinalar vulqon tog‘iga ilmiy qurilmani o‘rnatish uchun ko‘tarilgan.

Mashinalar dunyodagi eng baland faol vulqon hisoblangan Oxos-del-Salado bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan. Mutaxassislar oldida Chilidagi Atakama cho‘li markazida joylashgan 6893 metrlik tog‘da chodirli lagerlar yoyiladigan joylarga avariyaviy radiouzatgichlarni o‘rnatish vazifasi turgan.   

Aslida, 6694 metr balandlikka ko‘tarilishga ehtiyoj bo‘lmagan, chunki barcha radiouzatgich 6100 metr balandlikda o‘rnatilgan. Biroq ekspeditsiya jamoasi 4 g‘ildirikli avtomobillar uchun jahon rekordi o‘rnatishga qaror qilib, yuqoriga yo‘lni davom ettirgan.

Ta'kidlash joiz, ekspeditsiya rahbari Matias Yyeshe 2014 yilda Mercedes Zetros modelida o‘rnatgan o‘z rekordini yangiladi.

Unimog U 20 vezdexodning qisqartirilgan modeli bo‘lib, u 4 silindrli dvigatelda harakatlanadi. Yuk mashinasi ishlab chiqarilishi 2008 yilda yo‘lga qo‘yilgan. Mashinalar tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarila olishi uchun ularning og‘irlik markazini o‘zgartiradigan yukning oldinga-orqaga harakatlanish tizimi bilan jihozlangan. 

Haydovchisiz vezdexod modeli rossiyalik muhandislar tomonidan ishlab chiqilgan. U har qanday sharoitda qo‘llashga mo‘ljallangan. Jumladan, mashina qor, muzda yura oladi, suzadi, 1,6 metrgacha balandlikdagi vertikal to‘siqlardan va eni 2 metrgacha keladigan yoriqlardan o‘ta oladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top