21:39 / 28.01.2020
0
7459
Xiaomi Xitoydagi barcha do‘konlarini bir haftaga yopdi
Foto : Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi profilaktika maqsadida butun Xitoydagi do‘konlarini 28 yanvardan 3 fevralgacha yopishini ma'lum qildi.

Kompaniya buni Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi kurashishda ko‘maklashish deb izohladi. 

Xiaomi Uxan shahri aholisiga bir necha bor yordam ko‘rsatdi va ko‘rsatishda davom etmoqda. 24 yanvar kuni kompaniya shaharga 300 ming yuan ajratganini ma'lum qilgandi. Ertasiga esa koronavirusga qarshi kurashish uchun 3 million yuan berishini e'lon qildi. Xiaomi Group keyingi bosqichda Uxanda koronavirusga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million yuan sarflaydi.

2019 yil 31 dekabrda Xitoyning Uxan shahrida noma'lum turga mansub pnevmoniya kasalligi paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Kasallikka chalinganlar dengiz mahsulotlari sotiladigan mahalliy bozorda ishlaydigan odamlar edi. 

7 yanvar kuni pnevmoniyani yangi 2019-nCoV koronavirusi keltirib chiqargani aniqlandi. 20 yanvarda shifokorlar virusning odamdan odamga yuqish xususiyatiga ega ekanligini ma'lum qildi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusini yuqtirib olish oqibatida vafot etganlar soni 106 nafarga yetgan, virusdan zararlanganlar soni 4500 nafardan oshgan, yana 6973 kishi virusni yuqtirib olishda gumonlanmoqda. Shu vaqtgacha 60 kishi sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top