20:13 / 29.01.2020
0
6688

Iroq NATO vakillari bilan mamlakatdan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini muhokama qilishni mo‘ljallamoqda 

Foto: AP

Iroq rahbariyati Bag‘dodda NATO vakillari bilan kelgusidagi harbiy hamkorlikning yangi shakllari va mamlakatdan Amerika harbiylari olib chiqib ketilishini muhokama qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni vakili Abdul Karim Xalaf ma'lum qildi.

Xalaf uchrashuvda mamlakatdan AQSh harbiylarini olib chiqib ketish mavzusi muhokama qilinishini tasdiqladi.

"Ha, bu mavzu ham bor. Muloqot ko‘p mavzularda o‘tkaziladi, undan harbiy jihatlar, Iroq mudofaa vazirligining nuqtai nazari, NATO taqdim etishi mumkin bo‘lgan yordam mavzulari o‘rin olgan", - dedi u.

Muzokaralarda Iroq tomonidan "al-Xashd ash-Shaabi" xalq qurolli guruhi rahbari, milliy xavfsizlik kengashining sobiq boshlig‘i Falih al-Fayyod, TIV, qurolli kuchlar birlashgan qo‘mondonligi va razvedka xizmati vakillari ishtirok etadi.

5 yanvarda Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylar chiqarib yuborilishi uchun ovoz bergan. Bunga javoban Tramp Bag‘dodga “mislsiz sanksiyalar” bilan tahdid qilgan va AQSh Iroqda qurgan aviabaza uchun pul to‘lanmaguncha, amerikalik harbiylar u yerni tark etmasligini aytgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top