22:01 / 29.01.2020
0
5285

«MYu» Brunu Fernandesh transferini e'lon qildi

«Sporting» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi. Bu haqda «MYu» rasmiy sayti ma'lum qildi.

Angliya klubi 25 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishilgani haqida rasman e'lon qildi. Futbolchi payshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.

Oldinroq, portugaliyalik futbolchining klub bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolashi va yillik 6 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi. 

Ma'lumot uchun, «MYu» futbolchi uchun «Sporting»ga 55 million yevro transfer puli to‘laydi hamda futbolchining natijasidan kelib chiqqan holda 25 million yevrogacha bonus to‘lashi mumkin.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top