19:39 / 29.01.2020
2780
O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengash tomonidan o‘tkazilgan respublika birinchiligi g‘oliblari aniqlandi

Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning stol tennisi turidan O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi sovrini uchun Respublika birinchiligi hamda sport festivali joriy yilning 24-26 yanvar kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa va festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan jami 500 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu sport musobaqalari va sport festivalini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda «Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amaliyotga oshirish to‘g‘risida» o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan.

Sportning stol tennisi turi bo‘yicha Markaziy kengash sovrini uchun respublika birinchiligi musobaqasida 14 ta hududdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdi.

Mazkur murosasiz o‘tkazilgan musobaqalarda umumjamoa xisobida faxrli 1-o‘rinni Namangan viloyati, 2-o‘rinni Sirdaryo viloyati, 3-o‘rinni Samarqand viloyatlari jamoalari egalladilar.

Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari o‘quvchi-yoshlar hamda murabbiylarga O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyati to‘g‘risida, jamiyatga a'zo bo‘lish tartibi, jamiyatga a'zo bo‘lish ixtiyoriyligi, o‘quvchi-yoshlar tomonidan yig‘ilayotgan mablag‘lar sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishga yo‘naltirilganligi tushuntirib o‘tildi.

Jumladan, «Umid nihollari», «Bolajon va Yoshlik sport jamoalari», «Quvnoq startlar», «Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda», «Maktablar futbol ligasi» hamda «Yozgi ta'tilni sport bilan o‘tkazamiz» shiori ostida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash, shuningdek, umumta'lim maktablariga yengil turdagi sport jihozlar xarid qilishga sarflanishi bo‘yicha keng tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, sportning voleybol va basketbol turlari bo‘yicha Markaziy kengash sovrini uchun viloyat birinchiligida 11 ta tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasida murosasiz va qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi.

Ushbu musobaqaning voleybol turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida:

  • 1-o‘rinni Mirzaobod tumani, 2-o‘rinni Boyovut tumani, 3-o‘rinni Sayxunobod tumani jamoalari qo‘lga kiritdi. Musobaqaning qizlar bahsida esa 1-o‘rinni Sardoba tumani, 2-o‘rinni Boyovut tumani, 3-o‘rinni Mirzaobod tumani jamoalari qo‘lga kiritdilar.

Sportning basketbol turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida:

  • 1-o‘rinni Guliston tumani, 2-o‘rinni Sayxunobod tumani, 3-o‘rinni Boyovut tumani jamoalari qo‘lga kiritdi. Musobaqaning qizlar bahsida esa 1-o‘rinni Guliston tumani, 2-o‘rinni Xovos tumani, 3-o‘rinni Sirdaryo tumani jamoalari qo‘lga kiritdilar.

Musobaqalar va festivalda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan futbolka-shortik va kepka hamda murabbiylarga sport forma va kepkalar sovg‘a sifatida tarqatildi.

Bundan tashqari musobaqalarda g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi rahbar xodimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mintaqaviy bo‘lim rais o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda jamiyat tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Reklama huquqi asosida

Top