09:41 / 29.01.2020
0
12126
Surxondaryoda YTH oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi

26 yanvar kuni soat taxminan 16:30da M41 «Bishkek–Dushanbe–Termiz» yo‘lining Termiz tumani «Qoraxon» mahallasi hududidan o‘tgan 1610-kilometrida «Nexia-3» va «Nexia-2» avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avariya «Nexia-3» avtomobili chapga burilmoqchi bo‘lgan vaqtda, uning ortidan kelayotgan «Nexia-2» avtomobili uni chap tomondan quvib o‘tishga uringani oqibatida yuz bergan.

To‘qnashuvdan so‘ng «Nexia-2» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib kelgan. Hodisa oqibatida «Nexia-2» salonida bo‘lgan ikki nafar ayol (ulardan biri uy bekasi, ikkinchisi esa 38-maktabning direktor o‘rinbosari edi) voqea joyida halok bo‘lgan, to‘rt yoshli A.R. esa tan jarohati olib, zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.

«Nexia-2» haydovchisi S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top