09:07 / 29.01.2020
0
8463
Yamayka yaqinida kuchli zilzila yuz berdi

Karib dengizida, Yamayka va Kuba orasidagi hududda 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati xabar qildi.

Zilzila markazi Yamaykadagi Lusea shahridan 117 km shimolda, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila kuchi Kubada, Floridada sezilgan. Mayamida odamlar binolardan evakuatsiya qilingan.

Ayni vaqtda jabrlanganlar va talofatlar haqida ma'lumotlar yo‘q, biroq guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda Yamaykada binolarga shikast yetganini ma'lum qilishgan.

Zilzila oqibatida Karib dengizida kuchli sunami hosil bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Tsunami Beliz, Kuba, Honduras, Meksika, Kayman orollari va Yamayka sohillari bo‘ylab o‘tishi mumkin.   

24 yanvarda Turkiya sharqida 6,8 magnitudali kuchli zilzila yuz bergandi. Undan keyin 4 va undan yuqori magnitudali 228 ta aftershok qayd qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Elyazig‘ viloyatida yuz bergan zilziladan 38 kishi halok bo‘lgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top