22:07 / 30.01.2020
0
3236
AQSh Eron atom energiyasi tashkiloti va uning rahbariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar Eron atom energiyasi tashkiloti va uning rahbari Ali Akbar Solihiyga qarshi kiritilgan.

Foto: REUTERS/Carlos Barri

Bu haqda AQSh moliya vazirligi saytida ma'lum qilindi.  

Endi ularning AQShdagi aktivlari muzlatiladi. Bundan tashqari, uchinchi shaxslarning ular bilan tuzgan har qanday bitimlari sanksiyalar obektiga aylanadi. 

23 yanvarda ham Vashington Eronga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, unga 2 jismoniy va 6 yuridik shaxsni kiritgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top