23:29 / 30.01.2020
0
12044
AQShda ilk marta koronavirusning odamdan odamga yuqishi qayd etildi

AQShda yangi koronavirusga chalinish bo‘yicha oltinchi holat qayd etildi. Ilk marta virusning odamdan odamga yuqishi kuzatildi. Bu haqda AQSh sanitariya idorasi ma'lum qildi.

Foto: AP Photo / Mel Evans

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda Uxan shahrida tarqalishni boshlagan koronavirusdan hozirgacha 170 kishi vafot etdi, virusni yuqtirib olganlar soni 7711 nafarni tashkil etmoqda, boshqa mamlakatlarda ham virusni yuqtirib olganlar soni qo‘shib hisoblanganda bu ko‘rsatkich 7894 kishiga yetgan. Infeksiya Xitoydan tashqari yana 16 mamlakatda qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus tarqalishi jadallashgani sababli favqulodda qo‘mitasining maxsus yig‘ilishini chaqirtirgan. Yig‘ilish tashkilotning Jyenevadagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

JSST direktori Tedros Adanom Gebreisus tashkilotdagilar virus Germaniya, Vetnam va Yaponiyada Xitoyga bormaganlarga ham yuqqanidan tashvishdaligini bildirgan.

«Xitoydan tashqarida bu virus odamdan odamga yuqishi bilan bog‘liq holatlar juda kam bo‘lsa ham, global epidemiya yuzaga kelishi xavfi mavjud», - degan u.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top