00:33 / 30.01.2020
0
8205
Krishtianu Ronaldudan rekord: futbolchi Instagram’da 200 mln obunachiga ega birinchi inson bo‘ldi
Foto: Instagram/Cristiano

Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog‘ida 200 mln obunachiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi inson bo‘ldi.

"Qoyil-ey, 200 mln. Menga har kuni bu sayohatda hamrohlik qilayotgan barchaga rahmat”, deb izoh bergan Ronalduning o‘zi bu natijasiga.

Instagram’da Ronaldudan ko‘proq obunachiga faqat ijtimoiy tarmoqning o‘zi ega – 330 mln obunachi.

Ijtimoiy tarmoqda eng ko‘p obunachilarga ega foydalanuvchilar uchligiga Ronaldudan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande (173 mln) va aktyor Dueyn Jonson (170 mln) kiradi.

Shuningdek, internet qidiruv tizimlaridagi tayanch so‘zlarni o‘rganuvchi SEMRush’ga ko‘ra, Ronaldu boshqa futbolchilarga nisbatan ko‘proq qidiriladi. Bir oyda o‘rtacha u haqida 870500 marta so‘rov amalga oshiriladi.

Avvalroq Ronaldu 2019 yilda Instagram’da eng ko‘p pul topgan kishi bo‘lgani, u yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling ishlab topgani ma'lum qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top