19:35 / 30.01.2020
12996
«O‘zbekneftgaz» gaz va neft qazib oluvchi vaxta ishchilari oyligini 30 foizgacha oshirdi
Foto: O‘zbekneftgaz

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va jamiyatning kasaba uyushmasi raisi Bahodir Muratov tashkilot bo‘linmalari xodimlarining ish haqini oshirish to‘g‘risida qo‘shma qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2020 yilning 1 fevralidan ishlab chiqarishni boshqarish, gaz va neft qazib olish bo‘linmalari, gazni qayta ishlash zavodi va avtotransport korxonasi muhandis-texnik xodimlari va ishchilari ish haqini belgilashning yangi tarif setkasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, dastlabki bosqichda bevosita neft va gaz konlarida qazib olish bilan band bo‘lgan xodimlarning ish haqi va tarif stavkasiga quyidagicha ustama belgilanadi:

– muhandis-texnik xodimlar uchun – 20 foiz;
– vaxtada ishlovchi ishchilar uchun – 30 foiz.

«Bundan ko‘zlangan maqsadlardan biri – konlarda og‘ir sharoitlarda mehnat qilayotgan 4389 nafar xizmatchilarni rag‘batlashtirish, ularni moliyaviy yanada qo‘llab-quvvatlash va shu orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishdir», – deyiladi «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati xabarida

Top