17:06 / 30.01.2020
0
8043

Qozog‘iston koronavirusdan himoya vositalari sotib olish uchun 3,9 mln dollar ajratdi

Berdibek Saparbayev

Qozog‘iston hukumati koronavirus infeksiyasidan himoya vositalari sotib olish uchun zaxiradan 1,5 mlrd tenge (3,9 mln dollar) ajratdi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Berdibek Saparbayev.

"Kecha hukumat rahbari qo‘shimcha himoya vositalari, niqoblar va kerakli ashyolar sotib olish bo‘yicha topshiriq berdi. Uning farmoniga muvofiq, hukumat zaxirasidan qo‘shimcha 1,5 milliard tenge ajratildi. Bundan tashqari, zaxiralarimiz bor. Agarda kasallik tarqalib, aholiga tibbiy yordam zarur bo‘lsa, bizda barcha imkoniyatlar – vositalar ham, mablag‘ ham bor", - dedi u.

O‘zbekistonda ham mamlakatda koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilayotgani ma'lum qilindi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tarqalayotgan koronavirusni yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 170 nafardan oshgan. Dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni esa 8 mingga yaqinlashmoqda. Bugungi kunda ushbu virusga chalinish holati 16ta davlatda qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top