11:35 / 30.01.2020
6
41471
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning e'tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo‘yildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash ezgu an'anaga aylandi. 

«Bu sanani munosib o‘tkazish bizning o‘z tariximizga, mustaqilligimizga bo‘lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va saviyamizni namoyon etadi» degan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. 

Qur'oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Gul qo‘yish marosimida Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a'zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top