20:29 / 30.01.2020
0
3344
Tailandda koronavirus to‘g‘risida yolg‘on xabar tarqatgani uchun ikki kishi hibsga olindi

Taylandda koronavirus epidemiyasi to‘g‘risida yolg‘on xabar tarqatishda ayblanib ikki kishi hibsga olindi.

Bu haqda Tayland raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyat vaziri Pxuttxipxong Punnakanga tayanib Nation gazetasi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida yolg‘on xabarlar, ayniqsa yangi koronavirus tarqalishi to‘g‘risidagi yolg‘on xabarlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

"Ayni vaqtga kelib ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida epidemiya to‘g‘risida yolg‘on xabar tarqatayotgan 15ta manba aniqlandi. Bu ish bo‘yicha olti kishi ushlandi. Ulardan ikki nafari hibsga olindi, qolganlari xabarlarni qasddan tarqatmaganligi uchun tushuntirish ishlari olib borilganidan so‘ng qo‘yib yuborildi", - dedi Punnakan.

Keyingi kunlarda Tayland ijtimoiy tarmoqlarida mamlakatda koronavirus bilan zararlanganlar soni hukumat ma'lum qilganiga nisbatan ancha ko‘pligi, o‘lim holatlari yashirilayotgani to‘g‘risida vahimali xabarlar tarqatilmoqda.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top